Yangiliklar

Uchqo‘rg‘on tumanida 2020 yilda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 427 taga oshdi.

Uchqo‘rg‘on tumanida 2020 yilda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 427 taga oshdi.  ✅ Shundan: Sanoat - 60 ta ✅ Qurilish - 45 ta ✅ Savdo - 212 ta ✅ Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi - 46 ta ✅ Boshqa yunalishlarda - 64 ta ❇️ 2021 yilning 1 yanvar' holatiga Uchqo‘rg‘on tumaninida 427 ta xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tashil etilishi natijasida 955 nafar ish o‘rni yaratilgan.
Davomi... 20.01.2021

Uchqo‘rg‘on tumanining doimiy aholisi soni 3.0 ming kishiga oshdi

   Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar' holatiga Uchkurgon tumanining doimiy aholi soni 174,6 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 3,0 ming kishiga yoki 1,7 % ga ko‘paygan.  Uchqo‘rg‘on tumanining demografik ko‘rsatkichlari: (2021 yilning 1 yanvar' holatiga)  Aholi soni – 174,6 ming kishiErkaklar soni – 87.5 ming kishi Ayollar soni – 87.2 ming kishiShaharda yashovchilar – 74.8 ming kishi Qishloqda yashovchilar – 99,8 ming kishiTug‘ilganlar soni – 4 300 kishiVafot etganlar soni – 929 kishi Ko‘chib kelganlar soni – 375 kishiKo‘chib ketganlar soni – 669 kishiTuzilgan nikohlar soni – 1604 taNikohdan ajralishlar soni – 156 ta
Davomi... 20.01.2021

2021 YIL: «YANGI MARRALAR, YAKDIL QADAMLAR»

2021 YIL: «YANGI MARRALAR, YAKDIL QADAMLAR» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan o‘rin olgan g‘oyalarni targ‘ibot tadbirlari  Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tdi. “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi doirasida “2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi sharhlanib, Murojaatnomada ko‘tarilgan vazifalar ijrosiga jamoatchilikni safarbar qilish hamda yaqin istiqboldagi taraqqiyotimiz yo‘nalishlarini haqida axborot berildi. Davlatimiz rahbari tomonidan Murojaatnomada ilgari surilgan asosiy g‘oyalarni targ‘ib etishda videoroliklardan foydalanildi.
Davomi... 20.01.2021

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.Sessiyani tuman hokimi, kengash raisi Vaxobov Azimjon Abdumutalovich olib bordi.O‘tgan yil barchamiz uchun sinovli davr bo‘ldi. Bizni o‘z faoliyatimizga ham yangicha bir tahlil bilan qarashga o‘rgatdi.2020 yil so‘nggi kunlarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim voqea - bu Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomasi bo‘ldi.
Davomi... 14.01.2021

Taqdimot

Taqdimot Uchqo‘rg‘on tumanining sektor rahbarlari tomonidan 1-sektor hududidagi, Nurobod MFY, 2-sektor hududidagi, Istiqlol MFY, 3-sektor hududidagi, Sohil MFY, 4-sektor hududidagi, Katta mo‘g‘ol MFY hududlarini na'munali xolatga keltirish masalasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan prezentasiya ko‘rinishadigi chora-tadbirlar rejasi viloyat hokimiga taqdim etildi.        Ushbu MFY lardagi ijtimoiy - iqtisodiy hamda infratuzilma ob'ektlarini holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari insonlar qalbiga charog‘on nurdek ko‘chishi, pirovard maqsad qilib olingan.  
Davomi... 11.01.2021
 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.