E'lonlar va tanlovlar

Chop kilish

E'lonlar va tanlovlar


Qonunchilikdagi yangiliklar

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun subsidiyalar ajratiladi

Hukumat qarori (95-son, 23.02.2021 y.) bilan Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun subsidiya Davlat byudjetidan har bir konturga faqat bir marta ajratiladi.

Subsidiyalar:

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan paxta yetishtirishda joriy etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasiga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun;

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun;

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan mevali ekinlar va uzum (sanoat usulda yetishtiriladigan texnik navli uzum plantasiyasidan tashqari) yetishtiriladigan hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan sanoatbop usulda yetishtiriladigan texnik navli uzum plantasiyalari uchun joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun beriladi.

Suvni tejaydigan texnologiyasini joriy qilib subsidiya olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani:

birinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 100 foiz:

ikkinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 80 foiz:

uchinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 60 foiz:

to‘rtinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 40 foiz:

beshinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 20 foiz qismini subsidiya bergan vazirlik va idoraga belgilangan tartibda qaytaradi.

Agar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani besh yil davomida to‘liq foydalansa, berilgan subsidiya unda to‘liq qoldiriladi.

Shuningdek, jamoatchilik tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalardan o‘rnatilgan tartibda foydalanmaslik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Rag‘batlantirish talabgorlardan undirilgan subsidiyaning 5 foizi miqdorida bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Pul mukofoti ma’lumotni taqdim etgan shaxsning bank kartasiga o‘tkazib beriladi.

 

 

OCHIQ ESHIKLAR KUNI

 

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida numan statistika bo’limida har oyning birinchi va uchinchi juma kunlari «Ochiq eshiklar kuni», har oy tushuntirish ishlari va seminarlar o’tkazish tashkil qilingan. Bunga ko’ra barcha hisobot topshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari hisobotlar va yangi eStat 3.0 dasturi haqida o’zlari qiziqtirgan savollari bilan mujaat qilishlari mumkin.

Uchqo’rg’on tuman Stattistika bo’limi.

Telefon raqami: 462-13-56

 

Uchqoʼrgʼon tumani hokimligi Sizga shuni maʼlum qiladiki, tumandagi “Ulugʼbek Madadkori” MMTP xududidagi
1.“Nurafshon obod yurt” fermer xoʼjaligini 1,2,3,8,16,17,18-konturlarda joylashgan jami 110,4 gektar maydoni.
“Qoʼgʼaylik M.Ismatullaev” MMTP xududidagi
1.“Guliy Iymona” fermer xoʼjaligini 105,160,161,162-konturlarda joylashgan jami 80,3 gektar maydoni,
“Baxt mash servis” MMTP xududidagi
1.“Karimjon nabirasi Ulugʼbek” fermer xoʼjaligini 14,15,17,21-konturlarda joylashgan jami 55,6 gektar maydoni.
2.“Zokir ota tolasi” fermer xoʼjaligini 313,341,342-konturlarda joylashgan jami 51,2 gektar maydoni.
3.“Turon zamin-2018” fermer xoʼjaligini 87,305,362q-konturlarda joylashgan jami 33,6 gektar maydoni.
“Oltin vodiy servis” MMTP xududidagi
1.“Boʼston kelajagi Behruz” fermer xoʼjaligini 531,532-konturlarda joylashgan jami 75,1 gektar maydoni.
2.“Аsadbek kelajagi Sherali” fermer xoʼjaligini 520,521-konturda joylashgan jami 42,8 gektar maydoni.
“Mexnatobod Dexqonobod” MMTP xududidagi
1.“Ortiqmirza Hoshimjon” fermer xoʼjaligini 150,152,154,160,166q-konturlarda joylashgan jami 53,3 gektar maydoni.
“Yangiobod Madadkori” MMTP xududidagi
1.“Mingbuloqlik Doston” fermer xoʼjaligini 80,81,89q,90,103-konturlarda joylashgan jami 135,6 gektar yer maydoni.
2.“Ozodlik Bobodehqon” fermer xoʼjaligini 256,260,261,271,279,282-konturlarda joylashgan jami 130,7 gektar yer maydoni.
Jami 768,6 gektar yer maydonlari tuman hokimligi zahira yer fondiga qaytarilganligi uchun, ushbu yer maydonlari paxtachilik-gʼallachilik yoʼnalishida tender eʼlon qilinadi.

 

 

 


Joriy yilning 10-dekabr sanasidan 2021 yilning 10 yanvar sanasiga qadar Xalq taʼlimi tizimida “Sayyor qabul oyligi” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan 2020 yil 22 dekabr soat 10:00 da Uchqoʼrgʼon tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli
30-umumiy oʼrta taʼlim maktabi binosida boʼladigan “Sayyor qabul”ga tumanimizdagi barcha maktab oʼqituvchilari va oʼquvchilar ota-onalarini sohaga oid masalalar yuzasidan murojaat qilinishi mumkinligini bildiramiz.

Manzil: Yangier MFY, Yangier koʼchasi
30-umumiy oʼrta taʼlim maktabi

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.