Uchqoʼrgʼon tuman Investitsiya saloxiyati

Chop kilish

Investitsiya loyihalari 


Muxtaram Prezidentimizning joriy yil 26-27 iyun kunlari viloyatimizga tashrifi davomida 2020-2021 yillarda amalga oshiriladigan 152 ta (2020 yilda 104 ta 2021 yila 48 ta) 1,2 trln soʼmlik xududiy investitsiya loyihalari tasdiqlandi.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga asosan 2020 yilda umumiy qiymati
217,0 mlrd. soʼmlik 105 ta loyihalar ishga tushirildi va 515 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.
Foydalanishga topshirilgan loyihalarning 33 tasi sanoat, 40 tasi xizmat koʼrsatish va 32 tasi qishloq xoʼjaligi loyihalariga toʼgʼri keldi.
Shu bilan birgalikda loyihalar ishga tushirilishi natijasida 20,0 mlrd.soʼmlik yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 10 mln. doll. eksport qilish imkoniyati yaratilib, byudjetga 2,3 mlrd. soʼmlik sof tushumlar zahirasi va 10 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyildi("DB Group Fish Treding" MChJ tomonidan “Baliqni qayta ishlashnni tashkil etish” loyihasi ishga tushirilishi hisobiga 15 ta yangi oʼrni yaratildi).
Ushbu ishlarni kelgusi yilda ham davomiyligini taʼminlanib, umumiy qiymati 900,1 mlrd.soʼmlik 47 ta investitsion loyihalarni ishga tushirish va 780 nafar yangi ish oʼrinlari yaratishni rejalashtirganmiz.
(sanoat yoʼnalishida 11 ta, xizmatda 19 ta va qishloq hoʼjaligida 17 ta)
Yangi yaratiladigan ish oʼrinlariga birinchi navbatda “Аyollar va Yoshlar daftari”ga kirgan ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlashni oʼz oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Tumanimizda horijiy investiyalarni oʼzlashtirishda ham sezilarni natijalarga erishilmoqda.
Xususan, yaratilgan qulay investitsiya sharoitlari natijasida 2020 yilda 8 mln dollar xorijiy investitsiyalar oʼzlashtirish belgilangan, joriy yil 3 chorak yakuni bilan 7,8 mln. dollar xorijiy investitsiya mablagʼlari oʼzlashtirildi.
Jumladan, MR-Fish" MChJ QK Xorijiy xamkorlarning Oʼzbekiston va Markaziy Osiyoda yagona Xon baligʼi (forelь) ivildirigʼini (ikra) yetishitirish markazini tashkil etish, "DB GROUP FISH TRADING" MChJ tomonidan xorijiy kredit liniyalari mablagʼlari hisobidan Baliqni qayta ishlash, "Top Trans" MChJ QK tomonidan 500 ming dollar xorijiy investitsiya mablagʼlari hisobidan Qurilish materiallari (Sip panel) ishlab chiqarish loyihalarini koʼrish mumkin.
Shu bilan birgalikda, butun dunyoda yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi davrida, hukumatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida loyihalarni oʼz muddatlarida ishga tushirish uchun keltirilgan dastgohlarni montaj qilish ishlari uchun 14 nafar mutaxassislar Hindistondan “Tekstil Finans Namangan” MChJ HKga olib kelindi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi, yirik loyihalarni ishga tushirilishi natijasida tumanimizda faoliyat koʼrsatayotgan qoʼshma korxonalarning soni 7 nafarga yetib, joriy yilning 2 ta qoʼshma korxonalar tashkil etildi.
Kelgusida yilda 12 mln.dollar xorijiy investitsiya mablagʼlarini oʼzlashtirish boʼyicha hisob-kitoblar bor.

 

 

UChQOʼRGʼONDА TURISTIK SАLOHIYaT OShIRILАDI

Norin daryosi boʼyida Mustaqillik gastronomik turizm koʼchasi barpo etiladi.

Chek mahallasidan oʼtgan Yoʼlning daryo tomoniga yetti tadbirkor tomonidan savdo, maishiy xizmat koʼrsatish, dam olish obʼektlari bunyod etilib, 80 ta yangi ish oʼrni yaratiladi. Bu loyiha qiymati 4 milliard 800 million soʼmni tashkil etadi.

Ikkinchi tarafida esa koʼp qavatli uylar qurilib, birinchi etajida restoran, kafe va doʼkonlar faoliyati yoʼlga qoʼyiladi.

Uchqoʼrgʼon markazidagi xalqa yoʼli, xiyobonlar landshaft-dizayni, turistik jozibadorligini oshirish maqsadida 600 million soʼmlik obodonlashtirish ishlari bajariladi.

Shuning daryo yoqasidagi Markaziy Osiyodagi yagona karting maydoni yoniga ikki qavatli zamonaviy mehmonxona barpo etiladi.

Bu va yana oʼndan ortiq loyihalar 2021-2023 yillarga moʼljallangan «Namangan viloyatida turizmni rivojlantirish Kontseptsiyasi» dan oʼrin olgan.

 

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.