Tahliliy ma'lumotlar

Chop kilish

Tahliliy ma'lumotlar

 

Uchqoʼrgʼon tumanida ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning 2020 yil 2-chorak uchun belgilangan prognoz koʼrsatkichlarni bajarilishi boʼyicha taxliliy MА'LUMOT

 

 

Ta’lim yangi bosqichga ko’tarilmoqda, o’quvchilar fikr darajasi kengaymoqda, axborot olish osonlashmoqda, bunday o’sish jarayonida o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi.

         Oshpazlar bir xil guruchdan osh pishirishadi, lekin ba’zi mahoratli oshpazlar taomni o’ta puxtalik bilan tayyorlab maqtovga sazovor bo’lishadi, nonvoylar ham bir xil undan non yopishsada ularning ba’zilariniki shakli va mazasi jihatidan ajiralib turadi. Bularning hammasi kasbiy mahorat evaziga erishiladi. O’qituvchi ham o’z kasbiga puxta yondashgan holda darslarni tashkil etsa bir umr hurmat- e’tiborda bo’ladi. Bugungi kunda axborot ko’lami juda kengayib ketdi. Agar o’qituvchi o’z ustida ishlamasa avvalgi o’rgangan bilimlari yetarli bo’lmay qoldi. Dars mavzularini kundalik hayotdagi keskin vaqealar bilan bog’lab o’tilsa, turli innovatsion texnologiyalardan foydalanilsa dars esda qolishiga erishilishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga innovatsion usullardan foydalanib, fanlararo bog’langan holda ekologik- gigiyenik bilimlar bilan darsni to’ldirishi zarur. O’qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor, electron doska va hokazo) foydalanishi mumkin. O’qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko’p bo’lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta’lim innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e’tirof etish kerak. Har bir o’qituvchi ta’limga individual tarzda yangilik kiritishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o’qituvchi  o’z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi - degan edi mashxur pedogog A.Nikolskaya. Innovatsion texnologiyalardan asosiy maqsad o’qituvchi va o’quvchi mushtarakligiga erishish, o’quvchilarni fanga qiziqtirish, ta’limga bo’lgan munosabatini o’zgartirish, o’rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo’llay olish ko’nikmasiga ega bo’lish, AKT va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg’unlashtirish kabilarni keltirish mumkin.

         Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiya – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlarini olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda o’quvchilarga yangi bilim berishdan iboratdir

 

 

 

 

 

Uchqo’rg’on tuman XTBga qarashli

5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining

matematika fani o'qituvchisi:                                              U.Qambarova

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.