Ko'p berilgan savollar

Chop kilish

Ko'p berilgan savollar

 

Uchqoʼrgʼon tumanidagi madaniyat markazida yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv boʼlib oʼtdi

Tadbirda viloyat hokimining oʼrinbosari Jamoliddin Аloydinov, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi rahbari, tuman hokimi Аzimjon Vaxobov va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda 160 nafar yoshlar ishtirok etdi. Yoshlar oʼz murojaatlarida asosan ishga joylashish, tadbirkorlik bilan shugʼullanish, kredit olish, sport toʼgaraklari ochish, tuman madaniyat markazida Yosh jurnalistlar maktabini tashkil etish, yoʼllarni taʼmirlash kabi masalalarni aytib oʼtdi.

Oʼrda bogʼ mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi yosh tadbirkor Kamoliddin Boqiev chevarchilik sexini tashkil etganligini aytib, unga tikuvchi va dizayner yoshlarni ishga taklif qildi. Kelgusida yana 70 ta yangi ish oʼrni yaratish uchun oʼzining taklif va muammolarini oʼrtaga tashladi. Mazkur murojaat qoʼllab-quvvatlanib, uni hal etish choralari belgilandi.

Odina Mashrapova ishsizligi, sogʼligi tufayli turmushidan ajrab, ota-onasining uyida turganligi uchun koʼp qavatli uylardan xonadon soʼrab murojaat kildi. Unga subsidiya ajratilib, ish bilan taʼminlanishi boʼyicha tegishli koʼrsatma berildi.

Muloqotda yoshlar tomonidan 86 ta murojaat kelib tushdi, shundan 37 ta murojaat joyida oʼz yechimini topdi. Muddat talab qiladigan murojaatlarga masʼul tashkilot rahbarlari biriktirildi.

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.