Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar

Chop kilish

Uchqo’rg’on tumanida 2013 yil yakuni bilan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar

   Tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2014 yil 17 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan 2013 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirilishi shuningdek, qabul qilingan qator Hukumat qarorlari bo’yicha belgilangan topshiriqlarni bajarilishi natijasida 2013 yilning yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

   Jumladan, Hisobot davrida tuman bo’yicha sanoat ishlab chiqarish hajmi 105.6 foizga, qishloq xo’jaligi 107.1 foiz, kapital quyilmalar 119.3 foiz, qurilish ishlari 123.8 foiz, chakana savdo aylanmasi 111.9 foiz va pullik xizmatlar 111.8 foizga o’sishiga erishildi.

   Tumanda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmog’ga ega sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha ish olib borilmoqda.

S A N O A T

   Tumandagi sanoat korxonalarida xisobot davrida iktisodiy isloxatlarni chukurlashtirish, ko’p qirrali iktisodiyotni shakllantirish, raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish choralari natijasida, 2013 yil yakuni bilan 155.9 mlyard. so’mlik sanoat  mahsulotlari, 102.3 mlyard. so’mlik xalq iste’moli mollari ishlab chikarildi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi o’tgan yilga nisbatan 105.6 foizga, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish esa 109.1 foizga bajarildi.

KAPITAL  QURILISH

 Tumanda 2013 yil yakunida qurilish soxasida bir muncha ishlar amalga oshirilgan, qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan o’z kuchi bilan bajarilgan pudrat ishlari xajmi 39.2 mlyard.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 123.8 foizni tashkil etdi.

Aholini turar-joy, ichimlik suvi va tabiiy gazga bo’lgan ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 2013 yil  yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 64.7 ming kv.m turar-joylar (prognozga nisbatan 115.7 %), 16.9 km ichimlik suvi (prognozga nisbatan 123.4 %)  va 5.2 km tabiiy gaz (prognozga nisbatan 100 %) tarmoqlari qurib foydalanishga topshirildi.

 

MOLIYAVIY XOLAT

 

   2013 yil  yakuni bilan  maxalliy byudjet daromadlari rejasi 58 mlrd. 825 mln 100 ming so’m belgilangan bo’lib, haqiqatda 58 mlrd. 418.5 mln so’mga yoki 99.3 foizga bajarildi.

   Maxalliy  byudjetda 61 mlrd. 342 mln 900 ming so’m xarajat qilish ko’zda tutilgan bo’lib, o’tgan davr mobaynida 61 mlrd. 286 mln 800 ming so’m xarajat qilindi. Maxalliy byudjet xarajatlarini asosiy qismini tashkil qiluvchi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, ijtimoiy ximoya va turmush farovonligini oshirish bilan bog’liq xarajatlari to’la o’zlashtirildi.

   Davlat soliq daromadlari bo’yicha belgilangan 40 mlrd. 521 mln   400 ming so’m reja  bo’lib, haqiqatda 40 mlrd. 564 mln 200 ming so’mga yoki 100,1 foizga bajarildi.

   Shu bilan birga tumanda 2014 yil 1 yanvar xolatiga 3 mlrd. 695 mln. 400 ming so’m boqimanda qarz mavjud.

   Xozirgi kunda yuqoridagi qarzlarni undirish chora-tadbirlari ko’rilmoqda.  

 KICHIK  BIZNES 

   Tumanda 2014 yilning 1 yanvar holatiga jami 1034 ta kichik biznes sub’ektlari ruyxatga olingan bo’lib, 2013 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes sub’ektlariga jami 16 mlyard 029,5 mln. so’m kredit mablag’lari ajratildi shundan 4 mlyard 808.8 mln. so’m qisqa muddatli, 11 mlyard 220.7 mln uzok muddatli kreditlardir.

   Kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqrishdagi ulushi                   20.4 foizni, qishloq xo’jaligida 97.6 foizni, qurilishda 95,0 foizni, chakana savdoda 38.8 foizni, jami xizmatda 66,7 foizni tashkil etdi.

                   TASHQI  IQTISODIY  ALOQALAR

   Tumanda yil yakuni mobaynida jami tashqi savdo aylanmasi 721,9 ming AKSH dollari (o’tgan yilga nisbatan 18.7 %) mikdorida kayd etilib, eksport amallari 26.7 ming AKSH dollari, import 695.2 ming AKSH dollari (o’tgan yilga nisbatan 18.0 %) amallarini tashkil etadi.

SAVDO  VA  PULLIK XIZMAT

  Tuman aholisiga savdo tizimlarining barcha tarmoklarida 133 mlrd. 873.6 mln. so’mlik savdo xizmati ko’rsatildi, bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 117.0 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga savdo xizmati 891.9 ming so’mni tashkil etdi. Aholiga pullik xizmat ko’rsatish xajmi amaldagi narxlarda 23 mlrd. 561.7 mln so’mni tashkil etib, utgan yilga nisbatan 115.8 foiz o’sishni  tashkil etdi. Aholi jon boshiga ko’rsatilgan pullik xizmat xajmi 156.6 ming so’mni tashkil qildi.

   Maishiy xizmat kursatish xajmi esa 8 mlrd. 550.5 mln. so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 114.3 foizni tashkil etdi.

 Xizmatlar va servis sohasi.

   2013 yil yanvar-dekabr oylarida jami xizmatlar 121 mlrd. 300.6 mln. so’m 130.5 foizga  bajarildi.

   Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida tumanda xar bir servis shaxobchalari inventarizatsiya qilinib, joylarda yetishmayotgan savdo, maishiy xizmat shaxobchalarini tashkil etish belgilab olingan.

   2013 yil tuman dasturiga asosan 39 ta xizmat ko’rsatish shaxobchalari tashkil etish belgilangan bo’lib, 2013 yil yakuni bilan tuman dasturiga asosan 156 ta xizmat ko’rsatish shaxobchalari tashkil etilib, Jami 156 ta  ob’ekt

 Jumladan:

 85 ta chakana savdo shaxobchasi, 4 ta Umumiy ovkatlanish korxonalari, 2 ta guzar tipida maishiy xizmat ko’rsatish shahobchasi, 67 ta jami maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari, 7  ta Kiyim tikish ustaxonalari, 3 ta Poyabzal tikish ustaxonalari, 14 ta Sartaroshxona, 1 ta Sur’atxona, 5 ta Maishiy texnika ta’mirlash ustaxonalari, 3 ta Mebel yasash va ta’mirlash, 3 ta Avtomobil va boshka texnikalarni ta’mirlash ustaxanalari, 31 ta boshka turdagi shaxobchalar foydalanishga topshirildi.

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.