Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar

Chop kilish

 IJTIMOIY SOHA

Tumanda yashovchi doimiy  aholi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga
171,2 ming kishini tashkil etdi yoki yil boshiga nisbatan 1,7 foizga o‘sdi.

Hukumatimiz tomonidan aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlarning asosiy vazifalardan biri bu mehnatga layoqatli yoshdagi aholini ish joylari bilan ta’minlashdir.

Tumanda 79,0 ming nafar iqtisodiy faol aholi mavjud bo‘lib, shundan 72,8 ming nafari mehnatda bandlar tashkil etadi.

Xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarini rivojlantirishda ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Hozirgi kunda tumanda 47 ta umumta’lim maktablari, 42 ta maktabgacha tarbiya muassasalari, 8 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Aholini bilim saviyasini oshirish va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan,  tumanda 14 ta ommaviy kutubxonalar, 6 ta madaniyat aholi dam olish markazlari xizmat
qilmoqda.

Tumanda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun tumanda 2 ta o‘yingohlar, 73 ta sport zallari, va bir qator  boshqa sport inshootlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tumanda keyingi yillarda sportning futbol, boks, suv sporti, tennis, karate, kurash, badiy gimnastika, velosport hamda og‘ir atletika  kabi turlari keng ommalashmoqda.

Tibbiyot xodimlarini ish haqlari hisoblashda ularning toifalari, zararli ishlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar va ish stajlariga to‘lovlarni hisobga olgan holda to‘liq tarifikatsiyadan o‘tkazildi.

Tumandagi sog‘liqni saqlash ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

 

SANOAT

Tumanda 2019 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi o‘sishi bilan birga sanoat korxonalarida yangi ishchi o‘rinlari yaratish, eskirgan texnologiyalarni modernizatsiya qilish ya’ni yangi texnologiyalarni olib kirish, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, eksportbop mahsulotlar turlarini ko‘paytirish borasidagi ishlar amalga oshirildi.

2019 yil yakuniga ko‘ra sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 818.5 mlrd. so‘mni, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 520,4mlrd. so‘mni tashkil etib,  o‘sish sur’ati mos ravishda 165,0 va 111,0 foizni tashkil etdi.

Halq iste’moli mollarining umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi salmog‘i 37,5 foizni teng bo‘ldi. Aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 3 063,2 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.

Tumanda mavjud sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xajmini ko‘paytirish va bir maromda ishlashini ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

 QIShLOQ XO‘JALIGI

Qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o‘rni, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, islohotni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqmoqda.

Qishloqda yangicha xo‘jalik yuritish mexanizimining, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, kreditlash va sug‘urta qilishning yangi tizimini, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot va qishloqqa keltiriladigan texnika, yoqilg‘i va mineral o‘g‘itlar uchun bo‘ladigan o‘zaro xisob-kitobning asoslari ishlab chiqildi va tadbiq etildi. Qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi kengaydi.     

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilda jami qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlar xajmining asosiy qismi nodavlat sektori hissasiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyotning agrar sektorida mustahkam va barqaror rivojlanish ta’minlandi.

Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish strukturasi tubdan o‘zgardi. Qishloq xo‘jaligida ekinlarni joylashtirishda ilmiy asoslangan usullar joriy etildi.

2019 yil yakuni bilan tumanda qishloq xo‘jaligida 1 421,8 mlrd. so‘mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi yoki yalpi mahsulot ishlab chiqarish 2018 yilga nisbatan 103,9 foizga o‘sdi.

2019 yil davlatga g‘alla sotish 28,7 ming tonna g‘alla
(rejaga nisbatan 110,2 %) va 30,4 ming tonna paxta yetishtirilib (rejaga nisbatan 92,3 %) yetkazib berildi.

Barcha turdagi xo‘jaliklarda 61,7 ming tonna don (o‘tgan yilga nisbatan 107,4 %), 23,6 ming tonna kartoshka (103,0 %), 90,7 ming tonna sabzavot (104,3 %), 7,6 ming tonna poliz (101,7 %), 10,6 ming tonna meva (98,0 %) va 5,8 ming tonna uzum (118,3 %), chorvachilik mahsulotlaridan 11,9 ming tonna go‘sht (102,6%), 45,3 ming tonna sut (102,6 %), tuxum              17,6 mln. dona  (92,7 %), 62,0 tonna jun (110,0 %), 77,7 tonna asal               (77,7 %) ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida qoramol bosh sonlari 61,9 ming boshni
(100,0 %), shu jumladan sigirlar 21,4 ming boshni (100,2 %), qo‘y-echkilar 38,7 ming boshni (100,3 %), parranda 274,1 ming boshni (94,8 %) va otlar 287 boshni (105,9 %) tashkil etdi.

 BOZOR INFRATUZILMALARINI RIVOJLANIShI

Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2000 yil 29 dekabrdagi 517-sonli «Vazirlar Mahkamasining umumiqtisodiyot kompleksi ishi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini bajarib, moliyaviy holatni barqarorlashtirish, to‘lov intizomini hamda pul-kredit siyosatini mustahkamlash borasida  bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

- naqd pul tushumi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.

- tijorat banklari tomonidan loyihalarning samaradorligi va xarajatlarni qoplashdan kelib chiqqan holda kreditlar  ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirildi.

- maxalliy byudjet taqchilligini inflyatsiyasiz qoplashga  bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha  chora-tadbirlar amalga oshirildi.

- soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish va soliqlar-ning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirildi. Tumanda bozor infratuzilmalarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Ayniqsa 2007 yilda «Milliy valyutani halqaro joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyasini ta’minlash Xarakat rejasi ijrosi»ga doir Respublika Idoralararo maxsus yig‘ilishida belgilangan vazifalarni tumanda bajarilishini tashkil etish yuzasidan iqtisodiyot va nazorat organlarining tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va shu dastur asosida ish tashkil etildi.

Tumanda 4 ta tijorat aksionerlik banklari jumladan, «Agro banki» va Halq banklarining tuman bo‘limalari, «Milliy», «Qishloq qurilish», banklarining tuman bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Tumanda ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va mulkchilikni barcha shakllarini rivojlantirish uchun yetarli iqtisodiy sharoitlar yaratildi.

Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirildi.

Tumanda iqtisodiyotning moliyaviy muttanosibligi ta’minlandi. Mahalliy byudjetning daromad qismi bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar oshirib bajarilganligi tufayli byudjet to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi.

 SAVDO VA PULLIK XIZMAT 

Mustaqillik yillarida tumanda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan hisoblangan aholiga savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Natijada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat xajmlari yil sayin ortib bormoqda.

2019 yilda aholiga ko‘rsatilgan chakana savdo aylanmasi
483,8 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan aholiga chakana savdo aylanmasi xajmi solishtirma narxlarda 119,0 foizga ortib, aholi jon boshiga esa 2119,5 ming so‘mdan 2 847,5 ming so‘mga yoki 134.3 foizga ortdi.

 TAShQI IQTISODIY ALOQALAR

Mamlakatimiz iqtisodiyotini integratsiyalashda tumanimizda xorijiy investitsiyalarning tutgan o‘rni alohida ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda tumanimiz iqtisodiyotini globallashtirish jarayonini harakatga keltiruvchi kuchlardan biri sifatida bevosita xorijiy investitsiyalar jalb qilinmoqda. Chet el investitsiyalarni imkoni boricha ko‘proq jalb etish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiyotning real sektorlarini  taraqqiy ettirish g‘oyat dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Tumanga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish, ularga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini izchillik bilan amalga oshirish, yangidan-yangi, to‘la quvvat bilan faoliyatini amalga oshiradigan va raqobatbardoshli mahsulotlari bilan jahon bozorlarida o‘z o‘rnini egallay oladigan qo‘shma korxonalarni yildan-yilga ko‘paytirishga, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchlaridan foydalangan holda import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarga, shu jumladan halq iste’moli mollarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Tumanda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan, to‘la quvvat bilan faoliyatini amalga oshiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning yildan-yilga ko‘paytirib borilishi, bu iqtisodiyotning taraqqiyot sari odimlab borishiga olib kelmoqda.

Tumanda 2019 yil davomida 26,6 mln dollarlik (44,7 %) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 16,9 mln.dollarni
tashkil etib (81,1%), import 9,6     mln.dollarni (25,0%) tashkil etdi.

 

 

Uchqo‘rg‘on tumanining 2019 yil yakuni bilan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 

Ko‘rsatkich nomi

Xajm,
mlrd. so‘m

O‘sish sur’ati,
% da

Aholi jon boshiga (ming so‘m)

Kichik biznes sohasining ulushi
(%)

1.

Sanoat

818,5

165,6

4817,5

65,7

2.

Xalq iste’mol mollari

520,4

111,0

3063,2

64,6

3.

Qurilish ishlari

248,9

122,4

1465,0

100,0

4.

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

1421,8

103,9

8368,4

98,3

5.

Chakana savdo aylanmasi

483,8

119,0

2847,5

80,0

6.

Xizmatlar

290,2

105,3

1708,2

3,9

7.

Investitsiya

545,1

98,6

3208,4

 

8.

Eksport jami (mln. doll)

16,9

81,1

 

 

8.1.

Xududiy eksport, (reja 13,3 mln doll)

13,8

103,8

 

 

 

Shundan, meva-sabzavot mahsulotlari (mln dollar)

7,9

66,8

 

 

 

sanoat mahsulotlari (mln dollar)

5,8

417,0