Umumiy ma`lumot

Chop kilish

   Uchqo’rg’on tumani 1935 yilning 28 iyulida tashkil topgan. Geografik joylashgan o'rni 41 gradus shimoliy kenglik, 72 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan. 1940 yilgacha Farg'ona viloyati tarkibida, 1941-1960 yillarda Namangan viloyati tarkibida, 1960-1967 yillarda Andijon viloyati tarkibida bo'lgan hamda 1968 yildan buyon Namangan viloyati tarkibiga kiradi. Tumanning umumiy maydoni 29706 ga yoki 297 ming kv.km, aholisi 159.1 ming kishi. Tuman markazi-Uchqo’rg’on shahri. Aholi zichligi kv.kilometrga 488 kishini tashkil etadi.  Ma’muriy jihatdan 1 ta shahar va 8 ta qishloq fuqarolar yig'inlari va 66 ta mahalla fuqarolar yig'inlariga bo'lingan. Uchqo’rg’on tumanining hozirgi xududi Namangan viloyati Fargona vodiysining qadimiy aholi joylashgan mintaqalaridan biridir. Aholining o'troq hayot kechirishi va dastlabki sug'orma dehqonchilik to'g'risidagi ma’lumotlar miloddan avvalgi  6-4 asrlarga borib taqaladi. Tuman asosan tekisliklardan iborat bulib, dengiz sathidan o'rtacha mutlaq balandligi 500 metrni, tuproqlari asosan bo'z tuproqni tashkil etadi. Tuman xududidan foydali qazilmalar deyarli yo'q. Qurilish materiallaridan shag'al va qum xom-ashyosi bor. Tumanning shimoliy g'arbidan oqib o'tuvchi Norin daryosining o'rtacha chuqurligi 15 metr, kengligi 500 metrni tashkil qiladi. Norin daryosidan tashqari katta Fargona kanali, Oktyabr kanali, Katta Andijon kanali, Xaqulobod kanali, Damariq, Ingichka, Chap qirg'oq, Birlashgan kanalaridan ekinlarini sug'orishda foydalaniladi. Tuman Fargona vodiysidagi mo'tadil kontinental havo muassasaning janubiy qismiga yoki quruq subtoropik havo muassasaning janubiy qismi chegaralariga joylashgan. Uchqo’rg’on tumani viloyatning sharqiy qismida joylashgan. SHimol va sharqdan Qirgiziston Respublikasi, viloyatining Norin tumani, garbdan Uychi tumani, janubiy sharqdan Andijon viloyatining Izboskan tumani bilan chegaradosh. Uchqo’rg’on tumani viloyatdagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan tumanlardan biridir. Viloyatda qishloq xo'jalik mahsulotlaridan paxta, don, go'sht, sut, tuxum, meva, uzum, pilla xamda sanoat mahsulotlari  ishlab chiqarish bilan oldingi o'rinlarda turishi diqqatga sazovordir. Tumanda dostonchilik maktabiga  asos solgan Xusan baxshi Rajabboy ugli, Mamayusuf  qiziq yashab ijod qilgan, O'zbekiston xalq artisti Tursunoy Mamedova, xalq ta’limini rivojlantirishga o'zining katta hissasini qo'shgan  Ibroxim Oxunovni,  mehnat Qahramonlari Xoshimxon Eshonov, Komiljon Mirzaraximovlar bilan birgalikda Qo'chqor Asranboev, Yusufjon Siddiqov, Dehqonboy Raximov, Foziljon Tursunov, Meliboy Nazarov qishloq xo'jaligini yuksaltirishda fidoyilik na’munalarini ko'rsatganlarni, shuningdek tibbiyot fanlari doktori, professor Foziljon Nishonov, to'qimachilik sanoati muhandisi, texnika fanlari doktori, professor Xalimaxon Alimovalarni yetishtirgan go’sha hisoblanadi.

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.