Ochiq majlislar

Chop kilish

Ochiq majlislar

 

28- noyabr kuni Uchqoʼrgʼon tuman hokimligi majlislar zalida tuman faollari ishtirokida navbatdagi hokimlik soati oʼtkazildi.

Yigʼilish kun tartibida “Temir daftar“ga olingan oilalar holidan xabar olish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni bandligini taʼminlash.

“Аyollar va Yoshlar daftari” ga kiritiladigan kontingentning soʼrovnoma anketalarini yakunlash choralarini koʼrish va belgilangan toifalarga ajratish ishlarini tashkil etish.

Tumandagi nogironligi boʼlgan oilarni sarhisob qilish va har bir oiladan xabar olishni tashkil etish masalalari koʼrildi.

 

 

 

 

Tuman hokimligi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat, tuman kengashi deputatlari,  yoshlar ittifoqi ishtirokida  sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda Qo‘g‘ay, Islomobod, Navro‘z, Uchyog‘och MFY fuqorolari ishtirok etishdi. Fuqorolar tomonidan berilgan savollarga javob berildi, ularning murojaatlari o‘rganilib tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi, vaqt talab etadigan murojaatlar yo‘l xaritalariga kiritildi.

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.