Xalqaro munosabatlar

Chop kilish

Xalqaro munosabatlar 

 

Uchqoʼrgʼon tumanida Xitoylik investorlar tomonidan tomchilatib sugʼorish texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi korxona quriladi.

Uchqoʼrgʼon tuman davlat xizmatlari markazida “TIAN YE PLASTIK” maʼsulyati cheklangan jamiyati Horjiy korxonasi davlat roʼyhatidan oʼtkazildi.

 

 

“KOREYA HEALTHY FOOD N MEDICAL” MChJ Uchqoʼrgʼonda farmatsevtika vositalarini ishlab chiqaradi.

 


Janubiy Koreyalik investorlar bilan tumanda farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʼyicha muzokaralar olib borilib, Uchqoʼrgʼon tuman davlat xizmatlari markazida “KOREYA HEALTHY FOOD N MEDICAL” MChJ davlat roʼyxatidan oʼtkazildi.

 

Uchqo‘rg‘onda barpo etiladigan Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy diagnostika markazi 2020 yil oktyabr oyida foydalanishga topshiriladi

 

Tuman hokimligida Turkiyaning Kanimed Sağlık Çözümleri A.Ş kompaniyasi rahbarlari Filiz Erdog‘an Marashliog‘lu  va Kamuran Amasyali bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Uchrashuv chog‘ida tumanda barpo etilayotgan zamonaviy diagnostika markazi loyihasining amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z bordi.

“7,3 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan qurib bitkaziladigan ushbu zamonaviy diagnostika markazi, Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xalqaro CAP sertifikatiga ega yagona markazga aylanadi”, deb ta’kidladi uchrashuv chog‘ida  Kanimed Sağlık Çözümleri A.Ş kompaniyasi prezidenti Filiz Erdog‘an Marashliog‘lu.

Diagnostika markazida 750 dan ziyod turdagi tahlilni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Viloyat tumanlarida hamda Namangan shahrida ishga tushiriladigan tahlil yig‘ish nuqtalari orqali bir kunning ichida tahlil natijalari aniqlanib, telegram orqali mijozlarga etkazib beriladi.

Kanimed Sağlık Çözümleri A.Ş kompaniyasi tomonidan diagnostika markazida faoliyat olib boradigan mahalliy mutaxassislar uchun Turkiyada malaka oshirish kurslari ham tashkil etiladi.

Uchqo‘rg‘onda barpo etiladigan ushbu diagnostika markazi 2020 yilning oktyabr oyida foydalanishga topshiriladi.

 

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.