АRMIYA XАLQ BILАN BIRGА

Chop kilish

15 dekabrdan 15 yanvargacha mamlakatimizda “Vatanparvarlik oyligi” oʼtkazilmoqda.

Uchqoʼrgʼon tumanidagi Vatanparvar tashkilottda oylik doirasida “Kim Vatanga sodiq boʼlsa mendurman oʼsha” deb nomlangan harbiy vatanparvarlik tadbiri boʼlib oʼtdi.

Tadbirni Uchqoʼrgʼon tumani hokimi Аzimjon Vaxobov kirish soʼzi bilan ochdi.

Viloyat mudofaa boshqarmasi boshligʼi Elmurod Xoʼjahmadov soʼz olib, yoshlarni Ona yurtga muhabbat va sadoqat bilan tarbiyalash Oʼzbekistonning buyuk kelajagini taʼminlashda muhim rol oʼynashini, armiya hamisha xalq bilan birga ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining Qorovul qoʼshinlari tomonidan bir qator koʼrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Harbiy orkestr jamoasi Vatanni madh etuvchi qoʼshiqlar, kuylar ijro etishdi. Oʼz navbatida uchqoʼrgʼonlik sportchilar ham mahoratlarini koʼrsatishdi.

Tadbir ishtirokchilari davlatimizning milliy armiyasi kuch-qudrati timsoli harbiy texnikalar, zamonaviy qurol-aslahalar bilan tanishdilar.

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.