Bosh qomusimiz – yoshlar nigohida

Chop kilish

   Konstitutsiyamiz normalarining hayotga tatbiq etilishi jamiyatimizning qaror topgan tinchlik va hamjihatlikda, hayotimizga yangicha mazmun bag’ishlayotgan islohotlar samarasida, o’zgarib borayotgan onggu tafakkurimizda, shuningdek, bolalar hayotida ham o’z ifodasini topmoqda.

  Jonajon diyorimizdagi bu o’zgarishlar, yutuqlar va yuksak dovonlar ortida katta mehnat va intilishlar mujassam. Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini o’quvchilar qalbiga singdirish, ularni ona-Vatanga munosib farzandlar etib tarbiyalash borasida Xalq ta’limi va Adliya vazirliklari, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi va qator tashkilotlar hamkorligida har yili an’anaviy tarzda “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida o’tkazib kelinayotgan insho va rasmlar yo’nalishi bo’yicha respublika ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi ham iqtidorlilarning iqtidorlisini saralab berdi, desak yanglishmagan bo’lamiz.

   Viloyat “Barkamol avlod markazi” foyesida tanlovning tuman bosqichida g’olib bo’lgan ishtirokchilarning tasviriy san’at asarlari ko’rgazmasi namoyish etildi. Respublika Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimi SHirin Safarova, respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Isfandiyor Latipov ishtirokchilarning Konstitutsiyasiga oid bilimlarini suhbat asosida sinovdan o’tkazdilar.

   Tanlovning ijodiy insho va bayon yo’nalishi bo’yicha Uchqo’rg’on tumanidagi 13-umumta’lim maktabi o’quvchisi Mushtariy Adhamjonova va Namangan tumani 8-maktab o’quvchisi Mohlaroyim Bobonazarova birinchi, shu maktab o’quvchisi Zohid Komilxo’jaev va Uchqo’rg’on tumanidagi 33-maktab o’quvchisi SHodiya Abdurashidova ikkinchi o’rinni egalladilar. Uchinchi o’ringa esa Mingbuloq tumanidagi 13-DIMI o’quvchisi SHohista Valijonova va Uychi tumanidagi 33-maktab o’quvchisi Iroda Ibrohimovalarning ijodiy insho va bayonlari munosib deb topildi.

 

manba: namangan.uz

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.