Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Chop kilish

Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari sektorlar raxbarlari, tuman hokimining soxalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda masalaga daxldor tashkilot, korxona va muassasalar raxbarlari ishtirok etdilar.

Sessiyada tumandagi “Suv ta’minoti servis Uchqo‘rg‘on tuman” unitar korxonasi va Viloyat qishloq ichimlik suv ta’minoti MChJ qoshidagi “Toza ichimlik suv” unitar korxonasi Uchqo‘rg‘on tuman filiali tasarrufidagi suv ko‘tarish inshootlari, quduqlari va tarmoqlari ishchi gurux tomonidan tuzilgan xatlovga asosan tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish

Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari oralig‘ida qabul qilingan va tasdig‘i xalq deputatlari tuman Kengashidan so‘ralgan tuman hokimi qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidaga masalalar ko‘rildi.

Shuningdek, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiyasining 2021 yil 23 fevraldagi 3-son, 2021 yil 9 martdagi 6-son bayonlari qaroriga asosan, tumandagi 6, 15, 20, 24, 25, 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari lavozimiga nomzodlarni maktabni rivojlantirish bo‘yicha tuzgan 3 yillik dasturlarini tinglanib, muxokama qilindi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha qaror loyixalari qo‘shimcha fikr va takliflar bilan deputatlar tomonidan tasdiqlandi

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.