Viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anvarjon Xakimov ishtirokida Uchqo‘rg‘on tumani "Mexnatobod-Dehqonobod" MMTP hududidagi "Toshpo‘lat hoji ota" urug‘chilik fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Chop kilish

Seminarda g‘o‘zaga 1-kompleks ishlov berilishi, jumladan; kultuvasiya qilish, chuqur chizellash, har bir gektarga 300 kg azotli, fosforli o‘g‘itlar solish va uning natijalari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuning bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida g‘o‘za zararkunandalariga kimyoviy va biologik qarshi kurashish ishlarini tashkil etish lozimligi tushuntirildi.

Joriy yilda tumanda 9436 gektar maydonda 39276 tonna paxta xomashyosi yetishtirish belgilangan.

© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.