Nima qildik Vatan uchun?

Chop kilish

   Shu kunlarda mamlakatimiz bo’ylab “Nima qildik Vatan uchun?” shiori ostida ijodiy uchrashuv bo’lib o’tmoqda. 

   Alisher Navoiy nomli  viloyat musiqali drama va komediya teatrida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O’zbeknavo” estrada birlashmasi hamda viloyati hokimligi hamkorligida “Nima qildik Vatan uchun?” shiori ostida o’tkazilgan ijodiy uchrashuvda mamlakatimizda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarni har tomonlama ham jismonan, ham ma’nan kamol topib ulg’ayishlari yo’lidagi islohotlar samaralari haqida fikr-mulohaza yuritildi.

Yigit-qizlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlaridan asrash, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizning munosib davomchilari etib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Ona-Vatan, istiqlolimizni madh etuvchi diltortar taronalar, kuy-qo’shiqlar tadbirga yig’ilganlarni olqishiga sazovor bo’ldi.

   Tadbirda ishtirok etgan O’zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, yoshlarimizning sevimli xonandalar Jahongir Poziljonov, Ziyoda Qobulova va viloyatimiz san’atkorlarining chiqishlari davrga o’zgacha fayz kiritdi.

   — Bo’lib o’tgan ijodiy uchrashuv men va tadbirga yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi, —  deydi Gulnoza Sattiboeva.— Yurtimizni tarannum etuvchi qo’shiqlarni maroq bilan tingladik.

   Tadbir davomida savol-javoblarda faol ishtirok etgan ishtirokchilariga Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limining esdalik sovg’alari topshirildi. 

manba: namangan.uz

 
© 2014, Namangan viloyat Uchqo'rg'on tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uchkurgan.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.