15 aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan Uchqo‘rg‘on tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan soha vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

 

Bayram kechasida tuman hokimining o‘rinbosari ishtirok etib, soha xodimlarining zahmatli mehnatini e’tirof etdi. Ular xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini oshirishda alohida o‘rin tutishlarini tilga oldi.

 

Tadbirda madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.

 

Bayram tadbiri davomida bir guruh madaniyat va san’at xodimlari tuman hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.