Shifobaxsh maskanlar

Uchqo‘rg‘on tumanining shimoli-g‘arbiy qismi Norin daryosi oqib o‘tgan bo‘lib, dengiz sathidan 450-500 metr balandlikda joylashgan.

Hudud Norin daryosi oqib o‘tganligi, havosining tozaligi va musaffoligi bilan ajralib turadi.

Norin daryosi bo‘ylarida EKO turizmni, tibbiyot turizmini yanada rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud.

Tumandagi “Nihol” sihatgohi oromgohida har yili davlatimizning turli hududlaridan minglab hamyurtlarimiz hordiq chiqarib, dardlariga darmon topmoqdalar. “Nihol” ma’danli shifobaxsh suvi, ayniqsa, ularga asqatmoqda. Bu o‘rinda mamlakatimizning turli dam olish oromgohlari orasida o‘zining inson dardiga shifo beruvchi, toza havosi, so‘lim tabiati va turli tuman shifobaxsh davolash usullari bilan ma’lum va mashhur bo‘lgan “Nihol” sihatgohida Respublikamiz mehnatkashlarining eng sevimli sihatgohiga aylangan.