Ro‘yxatga olishdan asosiy maqsad nima?

  • Mamlakatda aholining soni, yoshi, jinsi, kasbi, yashash sharoitlari haqida to‘liq ma’lumot olish.
  • Davlatning sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha rejalarini to‘g‘ri tuzishga yordam berish.

        Aholi nima qilishi kerak?

     ✅ Ro‘yxatga oluvchi kelganda uni kutib oling, maxsus guvohnomasi bilan tanishing, savollariga ochiq va to‘g‘ri javob bering.

     ✅ Barcha oila a’zolaringiz haqida ma’lumot tayyorlab qo‘ying (ism, tug‘ilgan yil, pasport raqami)

     ✅ Faqat bir marta ro‘yxatga o‘ting – takror ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlarni buzadi.

     ✅ Hech qanday to‘lov talab qilinmaydi – bu davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi.           

       ⚠ E’tibor bering!

  • Siz bergan ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistika uchun ishlatiladi.

     Keling, jamiyat ravnaqi uchun birgalikda harakat qilaylik!

     ✅ Kelajakni birga quraylik!

       Tuman statistika bo’limi