O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son Qarorining 1-ilovasiga bilan  2023 yilda axolini ruyxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida 9-bobdan iborat  NIZOM tasdiqlandi.

 

Ushbu Nizomga 1-bobiga muvofiq Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi

25 kun etib belgilanib, ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti 2023 yil 1 noyabr soat 00:00 etib belgilandi. Ro‘yxatga olish vaqtida 2023 yil 1 noyabrdan so‘ng tug‘ilgan bolalar uchun ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmasligi aksincha ushbu davrda vafot etganlar shaxslar uchun ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi belgilab o‘tildi.

Shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishda respondentlar yashaydigan joyga shaxsan tashrif buyurgan holda va xar bir fuqaro uchun alohida to‘ldiriladi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum kilinadi. Yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish tuman (shaxar) hokimliklar tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda amalga oshiriladi.

Respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi;

Gapirishi va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish tegishli hudud bo‘yicha nogironlik jamiyatlarining hodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaxslar ko‘magida amalga oshiriladi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali xam amalga oshiriladi.

“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O’zbekistan Respublikasi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha O’zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo axolini ruyxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat xududida bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida ruyxatga olinadi

 

Uchqo’rg’on tuman statistika bo’limi