Joriy yilning 20 oktyabr kunidan boshlab Uchqo‘rg‘on tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Dolzarb 40 kunlik" e’lon qilingan.

Bugun Farg‘ona, Turkiston mahallalaridagi yo‘l yoqalariga iqlim sharoitiga mos bo‘lgan mevali va manzarali yasin, yapon saforasi, qayrag‘och, kashtan, povloniya, katalpa daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha manzarali Xrizantéma, siriya guli, jannat guli navli gullar ekish ishlari ham uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda

Tumanda "Yashil makon" loyihasi doirasida 2022 yil kuz mavsumida 500 ming tup, 2023 yilning bahor mavsumlarida 844 ming tup jami 1 million 344 ming tup manzarali, mevali hamda butali ko‘chatlar, qalamchalar ekish rejalashtirilgan.