Uchqo‘rg‘on  tumanidagi Kattachek mahallasida "Obod xonadon"," Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Bugun tumandagi nuroniylar kengashi a’zolari Kattachek mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, 16 ta ko‘chaning har biriga borib aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bordilar.   

Bilasiz hozirda biriktirilgan mas’ullar tomonidan biriktirilgan ko‘cha va xonadonlarda tozalash, obodonlashtirish, qurilish, oqlash, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.