Bugun tumandagi “Vatanparvar” tashkilotida tuman prokurori O.Raxmonov tashabbusi bilan mas’ul tashkilotlar hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yoshlar vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman prokurori nutq so‘zlab, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, bu boradagi ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini yanada oshirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlab o‘tildi. Katta hayot ostonasida turgan o‘quvchilar vaqt qadrini anglagan holda o‘qib-izlanishlari, ertangi kunimiz uchun munosib kadr bo‘lishlari kerakligi aytib o‘tildi.  

Tadbir sprotning shaxmat, shashka, stol tennisi, volleybol, vorkaut, armrestling va tirdan o‘q otish turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda maxallalardagi  otaliqqa olingan yoshlar, maktab bitiruvchilari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.