Ta’kidlash joiz, xuddi shunday loyiha Qirg‘iziston Respublikasi Navkent tumani Qiziltuu qishlog‘i “Kengsay” bojxona postida ham amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston Respublikalari chegarasida joylashgan “Uchqo‘rg‘on” va "Kengsay" chegara bojxona postlari shu yili foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur bojxona chegara postining ochilishi viloyatimiz va Uchqo‘rg‘on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratadi.

Shu o‘rinda viloyat, tuman iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Logistika, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi.

Amalga oshirilayotgan ishlar o‘zaro munosabatlar, do‘stlik rishtalari va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan asrlar davomida qo‘shni yashayotgan ikki Respublika aholisi behad quvonmoqda.