Hozirgi kunda Uchqo‘rg‘on tumanidagi Kaskadlarning umumiy quvvati 12 megavatt bo‘lib, 48 mingta xonadoni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlab kelayotgan edi. Endilikda Katta Andijon kanalida ham quvvati avvalgidan ikki hissa kuchli uchta GES qurilmoqda.

Loyiha qiymati 60 million AQSH dollari bo‘lgan, tumanda qurilayotgan yangi GESlarning umumiy quvvati 18 megavatt bo‘lib, bu qariyb yana 65-70 ming xonadonni elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Yillik ishlab chiqarish quvvati loyiha bo‘yicha 56,4 million soat deb belgilangan. Bu esa o‘z navbatida 8,2 million kub tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish kerakki 800 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.