1-mart kuni ushbu olimpiadaning Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Quvonarlisi shundaki, Qizlar olimpiadasining Respublika bosqichida 5-6-sinflar o'rtasida Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi Mirzomiddinova Komila Qahramon qizi 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ma'lumot o'rnida Mirzomiddinova Komila o'tgan o'quv yilida STEAM fan olimpiadasining Respublika bosqichida ham matematika fanidan 1-o'rinni egallagan edi.
O'quvchimizning ota-onasi va ustozlarini ushbu g'alaba bilan muborakbod etamiz.







