Ush bu Qaror bilan statistika organlariga Mamalakatimizda o‘tkazilishi kutilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash sohasida quyidagi vazifalar yuklatilgan:

- ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

- ro‘yxatga olish dasturlarini va ro‘yxatga olish varaqalari shakllarini ishlab chiqadi va ularning hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi;

-ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;

- ro‘yxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini belgilaydi va o‘qitishni tashkil etadi;

- ro‘yxatga olish natijalari milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng omma uchun e’lon qilinishini ta’minlaydi;

-ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shujumladan, vaqtincha saqlanishi), yo‘q qilinishi tartibini belgilaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;

Shuningdek ushbu Qarorning Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasiga muvofiq,

2024-yil davomida Statistika agentligi va tegishli mas’ul vazirlik idoralar bilan birgalikda “Aholini ro‘yxatga olish” tadbiri yuzasidan quyidagi topshiriqlar berildi

  • O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini quyidagi yo‘nalishlarda tizimli davom ettirish:

- aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun video rolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;

- 2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;

- xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida “Aholini ro‘yxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;

- “STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;

- aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.