Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Yorqin hayot” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Binoning ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda tuman  hokimi ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning vazifa va vakolatlari doirasini yanada kengaytirish, bir so‘z bilan aytganda, mahallani xalqning chinakam suyanchi va maslakdoshiga aylantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

“Yorqin hayot” mahallasi yangi binosining foydalanishga topshirilishi esa ana shu ezgu ishlarning davomidir.

Aytish lozimki, yangi binoda soha xodimlari va mahalla ahli uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, fuqarolarni qabul qilish, ularga qisqa muddatda sifatli xizmat ko‘rsatish, tuman tashkilotlari bilan bog‘lanish va kutish xonalari aholi murojaatlari bilan ishlashda mahalla xodimlariga bir qator qulayliklar yaratadi.