Uchqo‘rg‘on Yoshlar bog‘ida Yangi yil bayrami o‘zining eng qizg‘in daqiqalarini boshdan kechirmoqda. Vodiyning mashhur san’atkorlari tomonidan ijro etilayotgan qo‘shiqlar, qiziqarli shou dasturlar va yorqin mushakbozlik bayramga o‘ziga xos jarang bag‘ishlamoqda.

Oilaviy yig‘ilgan aholi o‘z quvonch va shodligini biri-biri bilan baham ko‘rib, bayramni yanada fayzli qilmoqda. Baland quvnoq ovozlar, nurli chehralar va Yangi yilga xos ko‘rkam bezaklar barchani o‘ziga maftun etmoqda.

Bu yil Uchqo‘rg‘onda Yangi yil bayrami nafaqat ko‘tarinki ruhda, balki birdamlik va jamoatchilik quvonchi bilan esda qoladigan bo‘ldi.

Yana mo‘jizalar oldinda sizni kutmoqda. Bayram tadbirlari davom etmoqda