📅 2025 yil 8 yanvar kuni Uchqo‘rg‘on tumanidagi "Nuroniy jamg‘armasi" bo‘limi tomonidan katta hayotiy tajribaga ega, obro‘-e’tiborli nuroniylar uchun seminar tashkil etildi.
✅ Seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi №892-sonli qarori va 2025 yil 4 yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
👥 Yig‘ilishda tuman hokimi maslahatchisi va tuman "Nuroniy jamg‘armasi" bo‘limi raisi O.A. Xaliqov ishtirok etib, nuroniylarga ushbu qaror va topshiriqlarning ahamiyati va ijrosi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.
🔹 Uchqo‘rg‘on tumanidagi 64 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan saralab olingan faol nuroniylar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish va yangi rejalarni muhokama qilish uchun yig‘ildi.
Bu kabi tadbirlar nuroniylarning faolligini oshirish va jamiyat hayotidagi ishtirokiga katta hissa qo‘shadi!
📢 Barcha faol nuroniylarni bunday tadbirlarda faol qatnashishga chaqiramiz.





