Yangiobod maxallasida 1269 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi. Shundan 30-55 yoshgacha 458 nafar xotin-qizlar tashkil etadi. 2025 yil 6-yanvaridan boshlab Vazirlar Mahkamasining 145-sonli qaroriga asosan, “Ayollar daftari”ni 6-bosqichiga olish uchun mahalla yettiligi tomonidan xatlov ishlari boshlandi.

Xatlovning bu yilgi avvalgilaridan farqi shundaki, maxalla yettiligigi kollegial tarzda o‘rganib, “Ayollar daftari” 6-bosqichga olish uchun o‘z takliflarini berib, xulosa chiqaradi. Bu yil Yangiobod mahallasida “Ayollar daftari”ga olish uchun 6 ta kriteriyda 80 nafar xotin-qizni olish rejalashtirilgan.

Ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularni turli sohalarda qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ishlarimiz davom etmoqda.