O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan Uchqo‘rg‘on tumani hokimligi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, “Vatanparvar” tashkiloti va Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport texnika klubi hamkorligida hamda qurolli kuchlar faxriylari bilan birgalikda marhum leytenant Athamjon Ataboyev, kichik serjant Abdumutal Abdullaxayev va oddiy askar Abdulboqi Xolmatovlarning tug‘ilgan xonadonlariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, xizmat davomida ko‘rsatgan jasoratlari va fidoiyligi yodga olindi. Ular Vatan tinchligi yo‘lidagi fidokorona xizmati va jangoviy askarlik xizmatini olib borishdagi mardonavorligi alohida e’tirof etildi. Vatanni himoya qilish uchun jonini fido etgan marhumlarning xotirasi abadiy yodda saqlanishini ta’kidlab o‘tdilar.
Tashrif davomida, har bir marhumning oila a’zolariga mehr-e’tibor ko‘rsatilib, Mudofaa vazirligi tomonidan 2,5 million so‘mlik moddiy yordam va Tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ushbu tadbirlar Vatan uchun o‘z hayotlarini bag‘ishlagan askarlarning yodgorligi va ularning oilalariga bog‘liq ehtiyojlariga munosib e’tibor bo‘lib xizmat qildi.





