Piyoz pashshasi piyoz va sarimsoq piyozga zarar yetkazadi. Soxta g‘umbaklari tuproqning 10-20 sm chuqurligida piyoz ekilgan dalalarda qishlaydi. Erta bahorda  pashshalari aprel-may oylarida uchib o‘simlikka yaqin tuproq bo‘lakchalariga va piyoz barglariga 5-12 tadan tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar piyoz bilan oziqlangach, piyozlar irib ketadi. Bitta piyozda 10-15 ta lichinka rivojlanadi.

Piyoz pashshasi.

Piyoz pashshasi yiliga 2 marta avlod berib rivojlanadi

Kurash choralari. Agrotexnik tadbirlar: bir marta piyoz ekilgan dalaga qayta 3-4 yildan keyin piyoz ekish tavsiya etiladi; piyoz va sarimsoq piyozdan bo‘shagan dalalar chuqur kuzgi shudgor qilinadi; piyozdan bo‘shagan dalalarda o‘simlik qoldiqlari yo‘qotiladi; piyoz erta muddatlarda ekilishi lozim.

Kimyoviy usul: piyozda pashshalarni yoppasiga uchish davrida Siraks, 20% em.k. – 0,5l/ga; Fenkill, 20% em.k. – 0,3 l/ga va boshqa ruxsat etilgan preparatlar bilan ishlov beriladi. Tsipermetrin asosli (entometrin 25% em.k. 05 l /ga), deltametrin asosli (deltatsit 2,5% em.k. 03 l/ga) preparatlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Namangan viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi chegara maskani inspektori Utkir Raximov