🕌 Shu yil 27 yanvar kuni Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov  boshchiliklarida Uchqo‘rg‘on tumani  imom-xatiblari va imom noiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📝 Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Akbarali   Yusufjanov o‘z arizasiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani "Saidxon Eshon" jome masjidi va Tuman bosh imom-xatibi lavozimidan ozod etilib, tumandagi "Eshondedaxon" jome masjidi imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.

🔹Uchqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi va "Saidxon Eshon" jome masjidiga esa hozirgacha tumandagi "Muhammad Zarif" jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan Sirojiddin Isroilov tayinlandi.