Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Kengash raisi Mirxonov Dilshod Abdullayevich olib borgan sessiya ishida:

- Uchqo‘rg‘on tuman prokuraturasining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

- Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O. Jabborovning 2024 yil davomida tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- Uchqo‘rg‘on tumanida 2024 yilning 12 oyi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik O.X. Mirzayevning hisoboti to‘g‘risida;

- Majburiy Ijro Byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i J.Ye. Inoyatovning 2024 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining tumanda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarasiz foydalanish, agrotexnika tadbirlarini o‘z muddatida bajarmaslik, shuningdek, surunkali ravishda uzoq yillar davomida paxta va g‘alla rejalari bajarilmay kelayotgan barcha yo‘nalishdagi qoloq fermer xo‘jaliklari faoliyatini monitoringdan o‘tkazib, aniqlangan salbiy holatlar yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlarni belgilash haqidagi taklifi ko‘rib chiqildi; - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosi to‘g‘risida;

- 2025 yilda Uchqo‘rg‘on tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi va boshqa bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan qizg‘in munozaralar asosida qarorlar qabul qilindi.