Mamlakatimizda ayollar bandligini oshirish, ularning iqtisodiy faolligini rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Xususan, Uchqo‘rg‘on tumanida Raxmanova Ma’luda va Raxmonov Odiljon rahbarligida tashkil etilgan ko‘chatchilik xo‘jaligi faoliyati kengaytirilib, ayollar uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Bu yerda pomidor, qovun, rayhon, bodring, bulg’or va qalampir kabi mahsulotlar yetishtirilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida ayollarning agrar sohadagi ishtirokini kengaytirish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash orqali qishloq hududlarida barqaror bandlikni ta’minlash maqsad qilingan.

Davlat tomonidan bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, kelgusida yanada ko‘proq ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.