Bir kasb egalari bor - yozning issig‘i bo‘lsin yoki qishning chillasi erta tongdan ko‘cha-ko‘yni tozalash, obodonlashtirish bilan mashg‘ul bo‘lishadi, mahallamiz, shahrimiz ko‘chalarining obodligi uchun mehnat qilishadi.
Bugun, Uchqo‘rg‘ondagi "Bek" tantanalar majmuasida obodonlashtirish boshqarmasi tizimida uzoq yillar davomida ishlayotgan xodimlar, fidoyi ishchilar va "Xalqaro gullar festivali"da jonbozlik ko‘rsatgan mohir gulchilarga iftorlik dasturxoni tashkil qilindi.
Uchqo‘rg‘on tumani hokimi boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda soha xodim va xodimalarining yurt obodligi yo‘lida qilayotgan mehnatlari munosib baholandi.





