Mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni yanada takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlashini tashkil etish maqsadida huquq-tartibot maskanlari tashkil etilmoqda.
Uchqo‘rg‘on tumani O‘rdabog‘ mahallasida Huquq-tartibot maskanida qurilish ishlari davom etmoqda. Har bir sektorlarda jumladan Qo‘g‘ay, Qayqi, Yangiyer mahallalarida ham shu kabi 4 ta HTM barpo etilgan.





