Ayniqsa, Sohil mahallasining ko‘rkam tadbirlari alohida e’tiborga sazovor. Mahalla aholisi o‘ziga xos chiqishlari, xalq og‘zaki ijodi va milliy raqslari bilan bayram kayfiyatini yanada yuqori darajaga olib chiqishdi. Tadbir davomida xalq ustalari tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari, milliy liboslar, zardo‘zlik va qo‘l mehnati namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, milliy taomlarimiz – sumalak, osh, somsa va turli shirinliklar tayyorlanib, tashrif buyurgan mehmonlar va mahalla aholisiga ulashildi. Ayniqsa, sumalak kaynatish jarayoni barchani bir joyga jamlab, o‘zbekona mehr-oqibat va hamjihatlik ruhini yanada mustahkamladi.

Mahallada o‘tkazilgan ushbu tadbir jamoatchilikni yanada jipslashtirib, milliy va diniy qadriyatlarimizning muhimligini yana bir bor yodga soldi. Tadbir so‘ngida ko‘plab faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi, duo va tilaklar bilan bayram yakunlandi.

Bu kabi tadbirlar xalqimizga iliq kayfiyat ulashib, an’analarimiz va qadriyatlarimizni yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.