Uchqo‘rg‘on tumanida ezgulik va hamjihatlik ramzi bo‘lgan Navro‘z hamda muborak Ramazon Hayiti bayramlari katta shodu-xurramlik bilan o‘tmoqda. “Buyuk kelajakni birga quramiz” shiori ostida tashkil etilgan tadbirlarda xalqimizga xos mehr-oqibat va birdamlik hissi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Do‘stlik mahallasida joylashgan Yoshlar bog‘ida katta gala konsert bo‘lib o‘tdi. Mazkur konsertda sevimli san’atkorlarimiz Baxriddin Zuhriddinov, Bunyodbek Odilbekov va tuman madaniyat markazi ijodkorlari ishtirok etib, tomoshabinlarga quvonch va iliq kayfiyat ulashishdi. Ular ijro etgan dilbar taronalar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar bayram shukuhini yanada oshirib, yig‘ilganlarga unutilmas onlarni tuhfa qildi.
Tadbir davomida nafaqat kuy-qo‘shiqlar, balki turli qiziqarli tanlovlar, milliy va zamonaviy o‘yinlar ham tashkil etildi. Bolalar uchun maxsus ko‘ngilochar dasturlar va turli interaktiv loyihalar ham bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.





