Uchqo‘rg‘on tumanida Navro‘z va muborak Ramazon Hayiti bayramlari “Vatan yagonadir, Vatan bittadir” shiori ostida yuqori kayfiyat bilan nishonlanmoqda.

Xususan, “Yangiobod” mahallasida katta gala-konsert dasturi tashkil etildi. Bayram tadbiriga 1000 dan ortiq aholi tashrif buyurib, shodu-xurramlik bilan bayramni tomosha qilmoqda.

Ko‘tarinki ruhda kechayotgan bayram xalqimiz birligi va hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Barchangizni bayram bilan muborakbod etamiz!