(Adliya boshqarmasi tarkibidagi Davlat xizmatlari markazlari ma’lumotlar bazasi asosida shakllantirildi)

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumanida 2022- yilning 1- iyul holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 2 289 taga yetdi, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari soni 2 169 tani yoki jami ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning 94,8 % ni tashkil qildi.

Uchqo'rg'on tuman statistika bo'limi

2022- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 249,1 mlrd. so‘mni yoki uning o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 137,3 % ni tashkil etgan.

Uchqo'rg'on tuman statistika bo'limi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida Uchqo‘rg‘on tumanida davlat ro‘yhatidan o‘tib faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 484,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish hajm indeksi 106,6 % ni (2021- yilning yanvar-iyun oylarida 409,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, o‘sish sur’ati 100,2 % ni) tashkil etdi.

Uchqo'rg'on tuman statistika bo'limi