Янгиликлар
2022 - yilning yanvar-iyun oylarida jami 260 ta yangi korxonalar va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu 2021 - yilning mos davriga nisbatan 108,3 foizga oshgan. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi sanoat (93 ta), savdo (79 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (33 ta) soxalariga to‘g‘ri kelmoqda.
Uchqo’rg’on tuman statistika bo’limi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 - yilning 1-iyul holatiga Uchqo‘rg‘on tumanining doimiy aholi soni 179,6 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,0% ga ko‘paygan.
Uchqo'rg'on tuman statistika bo'limi
O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida statistika organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasi shakllantirilgan bo‘lib, ushbu komissiyaning 2022 yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bugungi kunga kelib joylarda ushbu chora tadbirlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan (t.me/stat_antikorrupsiya) telegram bott ish faoliyat yuritib kelmoqda shu bilan birga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, viloyat statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ishon telefonlariga (69-227-85-06) korrupsiya holatiga duch kelinsa murojaat etishlari uchun qulayliklar yaratilgan.
Uchqo’rg’on tuman statistika bo’limi
Uchqo’rg’on tuman statistika bo’limi tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida har oyning birinchi va uchinchi juma kunlari «Ochiq eshiklar kuni», har oy tushuntirish ishlari va seminarlar o’tkazish tashkil qilingan. Bunga ko’ra barcha hisobot topshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari hisobotlar va yangi eStat 4.0 dasturi haqida o’zlari qiziqtirgan savollari bilan mujaat qilishlari mumkin.
Uchqo’rg’on tuman Statistika bo’limi.
Telefon raqam: 69-462-13-56

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan Davlat statistika hisoboti 12-moliya shakli “ESTAT 4.0” tizimlari orqali 2022 yil 18 avgust sanasidan kechiktirmay topshirilishini ma’lum qilamiz.
ESTAT 4.0 ( hisobot.stat.uz ) xavolasi orqali hisoboti topshirish vaqtida elektron raqamli imzo (ERI) bo'lishi zarur.
Murojaat uchun telefonlar: 69-462-13-57








