Янгиликлар
(kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari, O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha)
Ctatistika organlariga (xar oyning yakuni bo‘yicha) taqdim etiladigan «Tashkilot faoliyati to‘g‘risida»gi 12-korxona shakli (oylik) davlat statistika hisobot shaklini, hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay, internet tarmog‘i vositasida, elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig‘ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi «eStat 4.0» dasturi orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
Uchqo’rg’on tuman statistika bo’limi.
Uchqo’rg’on tuman statistika bo’limi tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida har oyning birinchi va uchinchi juma kunlari «Ochiq eshiklar kuni», har oy tushuntirish ishlari va seminarlar o’tkazish tashkil qilingan. Bunga ko’ra barcha hisobot topshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari hisobotlar va yangi eStat 4.0 dasturi haqida o’zlari qiziqtirgan savollari bilan mujaat qilishlari mumkin.
Uchqo’rg’on tuman Statistika bo’limi.
Telefon raqam: 69-462-13-56
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan davlat statistika 12-moliya hisobotlarini “ESTAT 4.0” tizimlari orqali
2022 yil xar oyning 18 sanasidan kechiktirmay topshirilishini ma’lum qilamiz.
ESTAT 4.0 ( hisobot.stat.uz ) xavolasi orqali hisoboti topshirish vaqtida elektron raqamli imzo (ERI) bo'lishi zarur
Murojaat uchun telefonlar: 69-462-13-57
Hurmatli tadbirkor endilikda Davlat statistika xisobotini topshirishda qulaylik eStat 4.0 dasturi orqali elektron ko’rinishda taqdim etish belgilandi. Davlat statistik hisobotini (hisobot.stat.uz) havolasi orqali elektron raqamli imzodan (ERI)dan foydalangan holda topshirilishi zarur agar muddati o’tgan bo’lsa uni yangilashni unutmang, aks xolda Davlat statistika xisobotini eStat 4.0 dasturi orqali elektron ko’rinishda taqdim eta olmaysiz.
Uchqo’rg’on tuman statistika bo’limi.
Ushbu Nizomga 1-bobiga muvofiq Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi
25 kun etib belgilanib, ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti 2023 yil 1 noyabr soat 00:00 etib belgilandi. Ro‘yxatga olish vaqtida 2023 yil 1 noyabrdan so‘ng tug‘ilgan bolalar uchun ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmasligi aksincha ushbu davrda vafot etganlar shaxslar uchun ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi belgilab o‘tildi.
Shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishda respondentlar yashaydigan joyga shaxsan tashrif buyurgan holda va xar bir fuqaro uchun alohida to‘ldiriladi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum kilinadi. Yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish tuman (shaxar) hokimliklar tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda amalga oshiriladi.
Respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi;
Gapirishi va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish tegishli hudud bo‘yicha nogironlik jamiyatlarining hodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaxslar ko‘magida amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali xam amalga oshiriladi.
“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O’zbekistan Respublikasi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yoki vaqtincha yashovchi yoxud vaqtincha O’zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, ammo axolini ruyxatga olish davrida vaqtincha xorijiy davlat xududida bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari respondent sifatida ruyxatga olinadi
Uchqo’rg’on tuman statistika bo’limi





