“Aholini ro‘yxatga olish to’g‘risida”gi qonuni mazmun mohiyati!!!

 O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to’g‘risida”gi qonuni 2019 yil 21 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 2020 yil 28 fevralda Senat tomonidan ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020 yil 16 mart kuni O‘RQ-611-son bilan qayd etilgan.

Aholini ro‘yxatga olish to’g‘risidagi qonun 5-bob, 31-moddadan iborat bo‘lib, har bir bob, har bir moddalarda aniq mezonlar belgilab berilgan. 1-bob: Umumiy qoidalar bo‘lib 11 moddadan, 2-bob: Aholini ro‘yxatga olish sohasini tartibga solish bo‘lib, 7 moddadan, 3-bob: Respondentlarning hamda ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari bo‘lib, 2 moddadan,  4-bob: Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘lib, 6 moddadan, 5-bob: Yakunlovchi qoidalar bo‘lib, 5 moddadan iboratdir. Masalan 1-bob 10-moddada “Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi” deb belgilangan, 2-bob 12-moddada “Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo’yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasida maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi” deb belgilangan.3-bob19-moddasida esa. Respondentlarning huquq va majburiyatlari Respondentlar:

- o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadda yig‘ilayotganligini, ushbu ma’lumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilish;

- o‘zi uchun to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, ro‘yxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;

- ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa — ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob bermaslik;

- ro‘yxatga olish varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish huquqiga ega.

- Respondentlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga monelik qilmasligi shart va shu bilan birgalikda manashu bob20-moddasida.

Ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari Ro‘yxatga oluvchi xodimlar:

- ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olish;

- aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni bajarganlik uchun mehnatiga haq olish huquqiga ega.

Ro‘yxatga oluvchi xodimlar:

- shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi;

- o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi;

- shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida Aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;

- shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor qilmasligi shart.

Ўзини ўзи банд қилган фуқароларнинг иш стажи ҳисобини юритиш ва пенсия тайинлаш тартиби

Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bosqichlari.

 

Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo davlatlar har10 yilda aholini ro‘yxatdan oʻtkazishlari orqali aholi soni, yoshi, jinsi, maʼlumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turar- joyi va yashash sharoitlari kabi savollarga javob berishi kerak boʻladi.Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish ishlari keng qamrovli tadbir boʻlib, ketma-ket xamda bir vaqtning oʻzida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlgan bosqichlarni oʻz ichiga oladi.

Birinchi bosqichda

Aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlar tayyorlanadi, roʻyxatga olish tadbiri dasturini, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish, uning natijalarini olish va eʼlon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi, xar bir roʻyxatga oluvchilarni oʻz xududi boʻyicha xaritalar bilan taʼminlanadi

Xar bir xonadon raqamlanishi va koʻchalar nomlanishi amalga oshiriladi. Shuningdek, roʻyxatga oluvchilarni tanlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki maʼlumotlarning toʻgʻriligiga bevosita masʼul boʻladilar va shakllantirilgan maʼlumotlar xaqqoniy boʻlishi shart. Bu jarayonga voyaga yetgan yoshdagi va muomila layoqatiga ega boʻlgan shaxslar jalb etilishi mumkin. Birinchi navbatda, Prezident huzuridagi statistika agentligi va uning hududiy organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar va umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari, shuningdek, boshqatoifadagi shaxslar ham, mazkur jarayonda ishtirok etishga rozi boʻlgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. Tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda roʻyxatga oluvchi xodimlarni oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi va zarurat tugʻilsa, ularga qoʻshimcha maslahatlar beriladi.

Ikkinchi bosqichda bevosita aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi, ya’ni aholi toʻgrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi.

Uchinchi boskichda axolini roʻyxatga olish tadbiri natijalarini eʼlon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.